Bo'sh ish o'rinlari
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 27.11.2024
  • 74

⚡️BO‘SH ISH O‘RNI:

▶️ Transformatsiyani amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofisi mutaxassisi  lavozimi.

❗️TALABLAR:  

1️⃣ Biznes boshqaruvi, iqtisodiyot, innovatsiya, muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotli;

2️⃣ Transformatsiya va o‘zgarishlarni boshqarish, innovatsiya, muhandislik, texnologiya, axborotlashtirish va ta’lim sohalarida kamida 3 yillik ish tajribasi, energetika sohasida ishlash tajribasi (malaka talablariga muvofiq afzal ko‘riladi suhbatda ustunlik beradi), umumiy va raqamli transformatsiya jarayonlarini amalga oshirish tashabbuskorligiga va taqdimotlar o‘tkazish qobiliyatlariga ega bo‘lishi;

3️⃣ Komputerda ishlashni mukammal bilishi (Microsoft Office, Exsel, Word, Power Point, Outlook, Internet);

4️⃣ Ma’lumotlarni, hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, g‘oyaviy ijodkorlik, jamoa bilan va o‘z ustida ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

5️⃣ O‘zbek (davlat) tilida og‘zaki hamda yozma nutqqa ega bo‘lishi, rus va ingliz tillarini mukammal bilishi talab etiladi.

Lavozim vazifalari:

↗️ Transformatsiya strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish:
 
⏺️ Transformatsiya strategiyasini ishlab chiqish, sohaga yaqin xorijiy va mahalliy tashkilotlar transformatsiya dasturlarini o‘rganish va amalga oshirishda ishtirok etish;

⏺️ Transformatsiya loyihalarini rejalashtirish va ularning ijrosini ta’minlash. Aksiyadorlik kutilmalarini ishlab chiqishda va uning ijrosini ta’minlashda ishtirok etish. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi, «Uzassets» AJ, strategik islohatlar agentligi, Energetika vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar darajasidagi topshiriq va vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish hamda lavozim yo‘riqnomasiga asosan boshqa vazifalar.

Boshqa e’lonlar:  «Bo‘sh ish o‘rinlari»  ruknida

❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-66-15

⇒  Onlayn rezyume

kadr_nes@uzbekistonmet.uzinfo@uzbekistonmet.uz

⏺ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;

⏺ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.

‖  FacebookInstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>