Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Energetika vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergiyainspeksiya” nazorat tashkiloti hamda mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda qabul qilingan qo‘shma qaror ijrosini taʼminlash maqsadida magistral elektr tarmoqlari energetika obyektlarida bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
⚡️ Shu bois, “O‘zbekiston MET” AJning barcha filiallariga energiya resurslarini iqtisod qilish, kuz-qish mavsumida podstansiyadagi elektr uskunalarining barqaror ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish uchun Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining 2024-yil 7-noyabrdagi 238-sonli buyrug‘iga asosan “Surxondaryo MET” filialining 2024 yil 7 noyabrdagi 216-sonli buyrug‘i qabul qilindi. Buyruq va ko‘rsatmalar ijrosini taʼminlash maqsadida 2024-yil 1-noyabrdan 1-dekabrgacha “Energetika xavfsizligi oyligi” tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi yig‘ilishining 2024-yil 28-oktabrdagi 2-sonli bayoni, “O‘zbekiston MET” AJning 2024 yil 5-noyabrdagi 235-sonli buyrug‘i hamda “Surxondaryo MET” filialining 2024-yil 15-noyabrdagi 217-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida 2024-yil 15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Yong‘in xavfsizligi ko‘rik oyligi” tadbirlari ham o‘tkazilmoqda.
Ko‘rik oyligini o‘tkazish to‘g‘risidagi tuzilgan chora-tadbirlarga asosan 220/110/35/10/6 kV kuchlanishli “Sherobod” podstansiyasida “Energetika xavfsizligi” va “Yong‘in xavfsizligi” ko‘rik oyligi tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, mutasaddi tashkilot va idoralar, shuningdek, Surxondaryo viloyati Yong‘in o‘chirish bo‘linmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘quv seminari hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati