OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Bosh prokuratura: Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish xususida
  • 25.11.2024
  • 41

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika va hududiy shtablar tomonidan energiya resurslarni talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor M.J. yashash xonadonida milliy shirinliklarni ishlab chiqarish uchun 4 dona elektr pechlarini elektr tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulab, jami 567,6 mln. so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan.

Mazkur holat yuzasidan tadbirkorga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov davomida yetkazilgan zarar to‘liq qoplanishi taʼminlandi.

Hurmatli tadbirkorlar!

Faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.

Shuni unutmangki, energoresurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi taʼminlanadi.


Bosh prokuraturaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo bo‘ling!

Manba: https://t.me/uzbprokuratura/52786

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>