“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ "Namangan magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida filialning 220/110/10 kV kuchlanishli “Sardor” podstansiyasida Namangan viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi Yong‘in qutqaruv bo‘linmasi bilan hamkorlikda “10 kV kuchlanishli yopiq taqsimlash qurilmasida yong‘in sodir bo‘lganda” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, Hukumat komissiyasi raisi A. Ramatov tomonidan tasdiqlangan hujjatga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi tomonidan Respublika hududida joriy yilning 15-noyabrdan 15-dekabrgacha tegishli sanoat-energetika obyektlarida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida tadbirlar o‘tkazish belgilangan.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati