Yangiliklar
Tog‘li hududlardan o‘tuvchi magistral elektr tarmoqlari navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
  • 21.11.2024
  • 46

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ balansida bo‘lgan magistral elektr tarmoqlari hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalarda 2024/2025-yil kuz-qish mavsumidagi taʼmirlash-sozlash hamda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.

Misol uchun, «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi, «Qamchiq» dovonining tog‘li hududidan o‘tuvchi 220–500 kV kuchlanishli liniyalar hamda tayanch ustunlari ob-havoning sovib ketishi va yog‘ingarchilikdan so‘ng navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda.

⚡️ Eslatib o‘tamiz, navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari mamlakatimizning boshqa hududlarida ham olib borilmoqda. Magistral elektr tarmoqlari hamda 220–500 kV kuchlanishli podstansiyalar barqaror faoliyati uchun barcha kuch va resurslar safarbar etilgan.

https://t.me/minenergy_uz/13725

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>