OAV va jamoatchilik bilan ishlash
OAV: “Tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan gaz so‘rg‘ich moslamalarini o‘rnatish holatlari aniqlandi”
  • 18.11.2024
  • 31

#Energetika_xavfsizligi_oyi

Tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan gaz so‘rg‘ich moslamalarini o‘rnatish holatlari aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyat hududiy boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonalari bilan hamkorlikda energetika xavfsizligi oyligi doirasida aholini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida gaz bosimiga ta’sir etuvchi vositalarni aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari amalga oshirolmoqda.

Xususan, o‘rganishda Andijon shahri "Buyuk ipak yo‘li" MFY hududida 250 dan ziyod iste’molchini ta’minlovchi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan gaz so‘rg‘ich moslamasi o‘rnatish holati aniqlandi.

Bu kabi holat Andijon tuman "Qum ko‘cha" MFY hududida 110 dan ziyod iste’molchini ta’minlovchi hamda "Do‘stlik" MFY hududida esa 140 dan ziyod iste’molchini ta’minlovchi tabiiy gaz tarmog‘ida ham aniqlandi.

Mazkur aniqlangan holatlar bartaraf etilib, iste’molchilarga bir meyorda tabiiy gaz yetkazib berilishi ta’minlandi.

Manba: https://t.me/Energoinspeksiya/5798

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>