Energetika xavfsizligi oyligi doirasida “O‘zenergoinspeksiya” Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yashnobod tumanida joylashgan "K.I." MChJ mas’ullari elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Manba: https://t.me/Energoinspeksiya/5796
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati