Urganch tumanida 2 mlrd so‘mlikdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi
“O‘zenergoinspeksiya” Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Urganch tumanida faoliyat yuritayotgan “E.K.” MCHJga qarashli nonvoyxonada hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘l bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz taʼminoti korxonasiga 2 mlrd 92 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Manba: https://t.me/Energoinspeksiya/5794
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati