“Oʻzenergoinspeksiya” Farg‘ona hududiy boshqarmasi, DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida O‘zbekiston tumanida joylashgan “O.M.P.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida kompleks o‘lchov quvuriga o‘rnatilgan toraytirish moslamasi teskari qo‘yilganligi aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Manba: https://t.me/Energoinspeksiya/5793
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati