Yangiliklar
Oliy o’quv muassasasida bugungi kun dolzarb mavzulari yuzasidan «mahorat darsi» o‘tib berildi
  • 19.11.2024
  • 35

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi U.P.Urunov 3-kurs talabalariga energiya samaradorligi va tejamkorligi hamda noshirlik ishi mavsulari yuzasidan «mahorat darsi» o‘tib berdi.

⚡️ Dars soatlari davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan turli yo‘nalishdagi savollarga javob olib, axborot xizmati faoliyati, shuningdek, tahririyat va nashriyotlarda amaliy ish tajribasiga ega mutaxassisdan energetika hamda matbaachilik sohadagi yangiliklar yuzasidan ma’lumotlar olishdi.

Talabalar bosma va elektron ommaviy axborot vositalari tahririyatlari hamda matbaachilik korxonalarida mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish jarayonlari, energiya samaradorligi va tejamkorligi, xalqaro va davlat standart talablari, sohada qo‘llaniladigan atamalar va ularning mazmun-mohiyati yuzasidan axborotga ega bo‘ldilar.

Universitet o‘qituvchi-pedagoglari «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibiga o‘z minnatdorligini bildirishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalaroq «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi O‘zbekiston milliy antidoping agentligi va boshqa tashkilot-idoralarda «mahorat darsi» tadbirlarini o‘tkazishgan edi.

 

Energiya samaradorligi yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5696

Energiya tejamkorligi va samaradorligi: Energiya resurslaridan oqilona foydalanish — davr talabi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5681

Tejamkorlik – energiyadan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy omili

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5484

TRANSFORMATSIYA - energiya taʼminoti barqarorligida uning ahamiyati yuqori

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5760

uza.uz — Dadajon Isaqulov: “Yoshlar bilim-tajriba orttirishda doim chanqoq bo‘lishi lozim”

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5582

Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov oliy taʼlim muassasasida «mahorat darsi» o‘tib berdi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5578

Ayni paytda professor-o‘qituvchi hamda talabalar ishtirokida «mahorat darsi» bo‘lib o‘tmoqda

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5576

Professor-o‘qituvchilar hamda talabalar bilan energetika soha vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5571

Bugun TDTU "Elektr taʼminoti" kafedrasi tashkil etilganining 50 yilligi munosabati bilan xalqaro ilmiy-texnik anjuman bo‘lib o‘tdi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5398

Online: «Elektr taʼminoti tiziming dolzarb muammolari» nomli xalqaro ilmiy-texnik konferensiyaning yopilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5397

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>