OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda
  • 13.11.2024
  • 25

#Energetika_xavfsizligi_oyi

Energetika xavfsizligi oyligi doirasida “O‘zenergoinspeksiya” va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, Nukus shahrida faoliyat yurituvchi “P.F.” MCHJ mas’ul shaxslari maktabgacha ta’lim muassasasida davlat standartlariga javob bermaydigan yaroqsiz gaz hisoblash uskunasini o‘rnatib, 200 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
 
Shuningdek, Qorao‘zak tumani “R.s.” va “V.M.” MCHJ mas’ul shaxslari elektr suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, 70 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari ma’lum bo‘ldi.
 
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Manba: https://t.me/Energoinspeksiya/5752

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>