Yangiliklar
"O‘zbekiston MET" AJda "Kasaba uyushmalari kuni"ga bag‘ishlab maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
  • 11.11.2024
  • 86

“Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!” g‘oyasi asosida “Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari o‘n kunligi” doirasida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun oldidan "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ markaziy apparatida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Dastlab tadbirni boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari A. Nazirov tabrik so‘zi bilan ochib bergach, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashidan tashrif buyurgan Ibragimova Zarofat Isroilovna hamda Rashidova Xurshida Komilovnaning bayramga oid qutlov so‘zlari tinglandi.

Shundan so‘ng “11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan kasaba uyushmalari tizimida olib borgan ko‘p yillik samarali mehnat faoliyatini inobatga olib, Abdullayev Neʼmatjon Ozodovich, Xodjamkuliyeva Narjemal Xamrakuliyevna hamda Yuldasheva Sevaraxon Abduraxmanovna O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Shuningdek, jamoadoshlarimizdan Nagmanova Zamira Anvarovna, Dustiyarov Erkin Musurmonovich, Zakirhodjayeva Nigora Xaydarovna, Botirov Azizbek Ilhomjonovich, Inagamova Ziyoda Shukurovna, Mirzaahmedova Gulmira G‘ayratovna, Toleshova Aysulu Saduaxasovna, Bolkiboyev Farhod Shaymamatovichlar "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ rahbariyati va Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining Faxriy yorlig‘ini qo‘lga kiritishdi.

Bugungi sohaviy bayram hamda taqdirlanganlar sharafiga tadbirning badiiy qismi taqdim qilindi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Do‘stlik” ordeni sohibi, taniqli shoir Bobur Bobomurod hamda jonli ijrodagi qo‘shiqlari bilan elning yuksak ehtiromini qo‘lga kiritib kelayotgan mohir sanʼatkor Abduxalil Isayevlarning chiqishlari tadbir qatnashchilari tomonidan davomli olqishlar bilan kutib olindi. Betakror sheʼrlar, kuy-qo‘shiqlar va qutlov so‘zlari yig‘ilganlar ko‘nglidagi bayramona kayfiyatga yana-da ko‘tarinkilik baxsh etdi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>