OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Buxoro shahrida faoliyat yuritayotgan "tadbirkor" 1 mlrd so‘mdan ziyod elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi
  • 06.11.2024
  • 56

#Tezkor_tadbir

Energetika xavfsizligi oyligi doirasida “O‘zenergoinspeksiya” yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish va oldini olish borasida nazorat tadbirlarini amalga oshirmoqda.

Xususan, Buxoro shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda "T. M." yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli qurilish binosi shartnomasiz elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra ta’minot korxonasiga 1 mlrd 94 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Manba: https://t.me/Energoinspeksiya/5669

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>