OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda
  • 31.10.2024
  • 52

#Tezkor_tadbir

“O‘zenergoinspeksiya” Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Sho‘rchi tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda "O.E." oilaviy korxonaga yem ishlab chiqarish sexi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra ta’minot korxonasiga 223,8 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma‘lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Manba: https://t.me/Energoinspeksiya/5623

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

>