Yangiliklar
Magistral elektr tarmoqlari navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
  • 08.11.2024
  • 68

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ balansida bo‘lgan magistral elektr tarmoqlari hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalarda 2024/2025-yil kuz-qish mavsumidagi taʼmirlash-sozlash hamda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.

Misol uchun, «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi, Ohangaron tumani hududidan o‘tuvchi 220 kV kuchlanishli Angren–1 liniyasida qushlar qo‘nishiga qarsh qo‘shimcha moslamalar o‘rnatish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, boltli birikmalarni ko‘zdan kechirish va taʼmirlash, nuqsonli izolyatorlarni almashtirish ishlari bajarildi.

⚡️ Nazorat ko‘riklari mamlakatimizning boshqa hududlarida ham olib borilmoqda. Magistral elektr tarmoqlari hamda 220–500 kV kuchlanishli podstansiyalar barqaror faoliyati uchun barcha kuch va resurslar safarbar etilgan.

FacebookInstagramYouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>