OAV va jamoatchilik bilan ishlash
uza.uz — Qish mavsumida energiya tejashga oid maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi
  • 06.11.2024
  • 69

Bosh prokuratura va Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimlari tomonidan qish mavsumini betalafot o‘tkazib olish bilan bog‘liq ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda energiya tejashga oid maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish hamda reyd tadbirlari o‘tkazish borasidagi ishlar samaradorligini oshirishga e’tibor qaratildi.

Bosh prokuratura, Energetika vazirligi va boshqa mutasaddi idoralar tomonidan qabul qilingan “Qish mavsumini betalafot o‘tkazish va iste’molchilarni yoqilg‘i-energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish yuzasidan” qo‘shma qaror ijrosi bo‘yicha ishlarni tashkil etish yuzasidan qator vazifalar belgilandi.

Xususan, Bosh prokuror o‘rinbosarlari boshchiligida tegishli vazirlik va idora xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tuzilib, hududlarga biriktirildi.

Ishchi guruh a’zolariga qish mavsumini betalafot o‘tkazish, iste’molchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash, resurslarni iqtisod qilish, noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etish, kambag‘allikni qisqartirish, oziq-ovqat zaxirasini jamg‘arish va boshqa dolzarb masalalarni o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish borasida topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida mas’ul rahbarlarning hisoboti eshitilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

N.Abduraimova, O‘zA

Manba: https://uza.uz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>