Yangiliklar
«Energetika xavfsizligi oyligi»: Aksiyadorlik jamiyatida qo‘shma qaror ijrosini taʼminlash masalasi yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi
  • 06.11.2024
  • 191

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Energetika vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda «Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish yuzasidan» qo‘shma qaror ijrosini taʼminlash maqsadida bugun, joriy yilning 6-noyabr kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Ushbu qarorga ko‘ra, 2024-yilning noyabr oyi «Energetika xavfsizligi oyligi» etib belgilandi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari A.A.Nazirov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Aksiyadorlik jamiyatining barcha boshqarma, xizmat, bo‘lim boshliqlari,  masʼul xodimlar ishtirok etib, energetika tizimdagi 2024-2025-yil kuz-qish mavsumi davomida barqaror faoliyat yuritish va Energetika xavfsizligi darajasini oshirishga  qaratilgan tadbirlarni kuchaytirish, yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish orqali iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

 

 

Shuningdek, Axborot xizmati tomonidan amalga oshirilgan ishlarni rasmiy veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoq sahifalarida mediaresurslarda yoritib borish yuzasidan media-reja tuzilib, OAV vakillari hamda jamoatchilik bilan ishlashda foydalanishi yuzasidan topshiriq berildi. Televideniye, radio, bosma va elektron axborot resurslarida shu yo‘nalishdagi xabar va maʼlumotlar berib borilishi davom ettirilishi maʼlum qilindi.

Bundan tashqari, Fuqaro muhofazasi bo‘yicha Toshkent viloyati va Toshkent shahrida «2024/2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, mavsum davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yirik avariyalarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligi tadbiri 500 kV kuchlanishli “Toshkent” hamda 220 kV kuchlanishli «Qo‘yliq» podstansiyalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgani maʼlum qilindi.  

 

 

«Energetika xavfsizligi oyligi» doirasidagi tadbirlar barcha magistral elektr tarmoqlari filiallari hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni kunlarda grafik asosida o‘tkazilmoqda.

 

Abdulaziz Boymuhammedov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati boshlig‘i

https://uza.uz/ - 2024-yilning noyabr oyi «Energetika xavfsizligi oyligi» etib belgilandi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>