Avval xabar berganimizdek, Bosh prokuratura, Energetika vazirligi, “O‘zenergoinspeksiya” va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda “Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish yuzasidan” qo‘shma qaror qabul qilindi va energetika obyektlarida energetika xavfsizligiga oid mashg‘ulot va bilim-malaka sinov imtihonlari o‘tkazilmoqda.
⚡️ Navbatdagi shunday mashg‘ulotlardan biri «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filialida o‘tkazildi.
Turli iqlim sharoiti tufayli, shuningdek, tezkor xodimlar aybi bilan avariyaviy o‘chishlarni oldini olish hamda favqulodda avariyaviy o‘chishlar ro‘y berganda navbatchi brigadalarning tez va to‘g‘ri harakat qilish bilim-ko‘nikmalarini oshirish maqsadida joriy yilning 5-noyabr kuni «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi 220 kV kuchlanishli “Chirchiq”, “Chinoz”, “Saodat”, “Sirg‘ali”, “Adolat”, va 500 kV kuchlanishli “Toshkent” podstansiyalarining barcha tezkor xodimlari ishtirokida navbatdan tashqari avariya va yong‘inga qarshi mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Tadbir davomida avariyaga qarshi mashg‘ulotlarlardan so‘ng xodimlarni xavfsizlik texnikasi qoidalari, texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari, yong‘in xavfsizligi qoidalari hamda jabrlanuvchiga birinchi yordam berish bo‘yicha bilim-malakasi savol-javoblar orqali sinovdan o‘tkazildi. Tadbir so‘nggida o‘zining chaqqonligi, favqulodda avariya ro‘y berganda to‘g‘ri harakat qila olishi bilan qolgan xodimlardan ajralib turgan tezkor ishchi-xodimlar 11-noyabr — Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan "Toshkent MET" filiali kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti raisi hamda Filial rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
✍️ Umida Yusupova, «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi 1-toifali muhandisi
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati