Qashqadaryo viloyati hokimi — Qashqadaryo viloyatida fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2024-yil 2-avgustdagi “Qashqadaryo viloyatida 2024-2025 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, mavsumi davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulotda vaziyatlar va yirik avariyalarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligi tadbirlarini yana-da samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi 20-son buyrug‘i hamda ”O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 10-iyuldagi 8-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 2-noyabr kuni “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tassarufidagi 500 kV kuchlanishli “G‘uzor” hamda 220 kV kuchlanishli “Qarshi” podstansiyalarida "Transformatorning gaz himoyasi ishlashi natijasida elektr qurilmasida yuzaga kelgan avariyali o‘chishni bartaraf etish" mavzusidagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari vakolatli tashkilot vakillari — Ishchi guruh tomonidan tegishli tartibda baholanib, tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Tashkilotchilarga lozim darajadagi tayyorgarlik uchun minnatdorlik bildirishdi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati