Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
  • 18.10.2024
  • 11

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarining Elektr uzatish havo liniyalari xizmati tomonidan nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.
 
Misol uchun, Toshkent viloyati hududidan o‘tuvchi magistral tarmoqlarda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish barobarida ta’mirlash-sozlash ishlar olib borilmoqda.

E’tiboringizga havola etilayotgan fotosuratlarda texnik-muhandislik nomi L-524 bo‘lgan elektr tarmoqlarida olib borilayotgan ish jarayoni aks etgan.
 
✍️ «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>