Yangiliklar
«O‘zbekiston MET» AJ vakillari Belarus energetika va ekologiya forumida ishtirok etishmoqda
  • 17.10.2024
  • 31

2024-yilning 15-18-oktabr kunlari Minsk shahrida 28-Belarus energetika va ekologiya forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum doirasida “EnergyExpo-2024” xalqaro ko‘rgazmasi, «Innovatsion sanoat va neft-kimyo texnologiyalari», “AtomEkspo-Belarus”, “EkspoSvet” kabi shoʻbalar o‘rin olgan. Tadbir davomida, shuningdek, «Suv va havo texnologiyasi”, “EkspoShahar”, “Ekspo-Trans” va boshqa yo‘nalishdagi biznes-dasturlar namoyishi bo‘lib o‘tmoqda.

♦ Forumda 200 dan ortiq korxona va tashkilotlar o‘z mahsuloti hamda xizmatlarini taqdim etmoqda. Ular orasida Belarus energetika sanoatining yirik korxonalari va boshqa manfaatdor xorijiy kompaniyalar bor. «O‘zbekiston MET» AJ vakillari ko‘rgazma ishida innovatsion ishlanmalarni o‘rganishmoqda.

► Biznes dastur muhokamalarida 100 dan ortiq mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>