Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi yuqori kuchlanishli energetika obyektlarining ish faoliyati bilan tanishdi
  • 17.10.2024
  • 15

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2024/2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari 1-oktabr sanasigacha yakunlanib, tegishli tashkilotlar dalolatnomalari orqali tasdiqlandi, bu haqda yuqori turuvchi tashkilotlarga hisobotlar taqdim etildi.

Shuningdek, mavsumga tayyorgarlik ishlari yakuni bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi. Hozirda mavsum ichidagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turgan Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov yuqori kuchlanishli energetika obyektlarining mavsumdagi ish faoliyati bilan tanishib, ishchi-xodimlarga munosib mehnat sharoiti yaratish uchun qurilayotgan binolarning qurilish jarayoni bilan tanishdi.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>