Yangiliklar
Energiya samaradorligi yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi
  • 16.10.2024
  • 93

Energiya resurslaridan samarali (ratsional), ya‘ni oqilona foydalanishga qaratilgan jarayonlar majmui — energiya samaradorligiga beriladigan birlamchi ta‘rifdir.

 

 

Binolarning energiya ta‘minoti yoki ishlab chiqarish jarayonlari uchun kamroq energiya sarflash evaziga kerakli natijaga erishish ham samaradorlik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Texnika va texnologiya rivojlanishining hozirgi darajasida yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishda iqtisodiy jihatdan asoslangan samaradorlikka erishish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilish ham shular jumlasidan.

 

 

Kuni kecha O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi bilan O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari aksiyadorlik jamiyati hamkorligida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda  O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari AJ mutaxassisi elektr energiya samaradorligi va uni tejash bo‘yicha maʼlumot berdi.

Yig‘ilish davomida dunyo xalqlari o‘z milliy taraqqiyot bosqichlarida energiya samaradorligiga oid o‘ziga xos urf-odat va tushunchalarga ega bo‘lganlari to‘g‘risida ham suhbatlar o‘tkazildi.

 

 

Manba: http://uznada.uz/uz/news/2024/10/14/energiya-samaradorligi-yasidan-davra-suhbati-bolib-otdi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>