Qiziqarli xabarlar
Farg‘ona viloyatida toza energiya
  • 07.10.2024
  • 91

Mintaqada 4 ta energetik loyihalar ishga tushirilishi muvaffaqiyatli amalga oshirildi:

► Besharik tumanidagi umumiy quvvati 500 megavatt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi

FESning 200 MVt quvvatga ega birinchi navbati joriy yilda ulanishi rejalashtirilgan, 2025 yilda esa loyiha to‘liq ishga tushirilishi kutilmoqda. FES har yili 1,6 milliard kVt⋅soat “yashil” energiya ishlab chiqaradi, bu esa 675 ming xonadonning yillik iste’moliga to‘g‘ri keladi. Natijada 466 million kubometr tabiiy gaz tejash mumkin bo‘ladi

► O‘zbekiston tumanidagi elektr energiyasini saqlash tizimi

150 MVt quvvatga ega avtomatik tartibga solinadigan Akkumulyator majmuasi 2024 yil oxirigacha ishga tushishi kerak.

► O‘zbekiston tumanida uzoq hududlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun qurilgan ikkita kichik gidroelektr stansiyasi:

♦ Shahimardondagi 2,2 MVt quvvatga ega GES

♦ Yuqori Vodil qishlog‘idagi 430 kVt quvvatga ega GES

Bu obyektlar nafaqat Farg‘ona viloyati, balki butun mamlakatning energetik xavfsizligini ta’minlash, iqtisodiy samaradorlikni oshirish va ekologik barqarorlikni yaxshilashga yordam beradi!

Manba: https://t.me/clearenergy/2577

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>