Bugun, 2024-yil 14-oktabr kuni soat 17:19 da «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli «Ozodlik» podstansiyasidagi AT-1 va AT-2 transformatori rele himoyasi va avtomatika tizimidan favqulodda o’chdi.
⚡️ Elektr qurilmalar zudlik bilan texnik ko’rikdan o’tkazilib, soat 17:34 da AT-1 va AT-2 transformatorlar ishga qo‘yildi. 110 kV kuchlanishli elektr tarmoqlariga kuchlanish berilib, iste’molchilar elektr ta’minoti tiklandi. Soat 18:21 da shkastlanmagan 10 kV kuchlanishli qurilmalarga kuchlanish berildi. Nosozlik oqibatida shikast yetgan qurilmalarni sozlash ishlari davom ettirilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati