Yangiliklar
Energiya tejamkorligi va samaradorligi: Energiya resurslaridan oqilona foydalanish — davr talabi
  • 14.10.2024
  • 99

Ma’lumki, mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanib, aholining turmush darajasi yaxshilangani sari energiyaga talab ham oshib bormoqdi. Ma’lumotlarga ko‘ra so‘nggi 6–7-yilda mamlakatimizda elektr energiyasiga bo‘lgan talab kamida 35–40 % ga oshgan va bu yildan yilga ortib bormoqda.

Mutaxassislarning fikricha, milliy iqtisodiyotimizning energiya sarfi darajasi rivojlangan davlatlarnikidan 2,5–3 barobar yuqori. Energiya resurslarining katta yo‘qotishlari ofis xonalari hamda uy-joy sektorida yuz bermoqda. Yevropada 1 kvadrat metr uchun energiya iste’moli yiliga 120–150 kilovatt-soatni tashkil qilayotgan bo‘lsa, mamlakatimizda bu ko‘rsatkich 390 kilovatt-soatdan oshadi.

Mamlakatimizda bu borada ko‘rilayotgan choralar, energiya resurslaridan samarali foydalanish yuzasidan iste’molchilar zimmasidagi mas’uliyatlar nimalardan iborat, iste’molchi qanday qilib energiyadan tejab foydalanishi mumkin?

Ayni shu masalalar yuzasidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ulug‘bek Urunov hamda Elektr energiyasi texnologik sarflari hamda energiya oqimlarini tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i Salim Eshonqulov ishtirokida energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish usullari bo‘yicha Raqamli texnologiyalar vazirligida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida vazirlik markaziy apparati xodimlariga ish joyi hamda o‘z xonadonlarida elektr energiyasidan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

FacebookИнстаграмYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>