«O‘zbekiston–24» radiokanalining FM.87.9 to‘lqinlarida efirga uzatilgan «Yangiliklar» dasturida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida investitsiya loyihalari haqida axborot berildi.
▶️ Batafsil
Mediatadbirda 2019–2024-yillarda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan umumiy qiymati 397,2 mln AQSH dollari hisobidagi 30 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida, umumiy quvvati 1025 megavolt•amperga ega 4 ta 220 kilovolt kuchlanishli podstansiya hamda 870 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘i qurilib, foydalanishga topshirilgani, shuningdek podstansiyalarning quvvati 7890 megavolt•amperga oshirilgani ma’lum qilindi.
Eshittirish lavhasini tayyorlagan jurnalist — Nargiza Qahhorova.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati