Yangiliklar
FM.87.9 to‘lqinlarida 2024/2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumani haqida axborot berildi
  • 11.10.2024
  • 61

«O‘zbekiston–24» radiokanalining FM.87.9 to‘lqinlarida efirga uzatilgan «Yangiliklar» dasturida  (https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5361)“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumani haqida axborot berildi.

Mediatadbirda 2024/2025-yil kuz-qish mavsumida elektr qurilmalarini barqaror ishlashiga tayyorlash uchun tasdiqlangan 22-banddan iborat chora-tadbirlar rejasi to‘liq bajarilgani ma’lum qilindi.

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/5361

Eshittirish lavhasini tayyorlagan jurnalist — Nargiza Qahhorova.

Mavsumini betalofat o‘tkazish borasida quvvati 736 megavolt•amper bo‘lgan 10 ta (reja 9 ta) transformator, 34 ta o‘chirgich, 4 ta kompressor qurilmasi, 941,4 km (reja 848 km) uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlarini mukammal taʼmirlandi hamda “O‘zenergoinspeksiya” ko‘rigidan o‘tkazilib mavsumga tayyorlik dalolatnomalari rasmiylashtirildi.

Shuningdek, 310 ta transformator, 1677 ta o‘chirgich, 12 ta kompressor qurilmasi va 5490,2 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlarini joriy taʼmirlandi. Transformatorlarning sovutish tizimidagi 113 ta dvigatel taʼmirlandi va 66 ta yangi dvigatel o‘rnatildi.

220–500 kilovolt kuchlanishli 12250 km tarmoq ko‘rikdan o‘tkazildi hamda 721 ta qushlarga qarshi moslama, 6000 tadan ortiq izolyator o‘rnatildi, chaqmoqqa qarshi trosslar va kontur yerlagichlari tekshirildi.

Doimiy ravishda elektr uzatish havo tarmoqlari va podstansiya elektr qurilmalarining kontakt birikmalari teplovizor qurilmalari yordamida ko‘rikdan o‘tkazildi va 200 tadan ortiq aniqlangan qizishlar bartaraf qilinib, favqulodda holatlar oldi olindi.

Shuningdek, avariyaviy holat sodir bo‘lganda holatni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida, borish qiyin bo‘lgan tayanchlargacha (tog‘li, qir-adirli hududlarda) yo‘laklar barpo etildi, shu bilan birga, daryo o‘zanlarida va tog‘ yonbag‘rlarida joylashgan tayanchlarni sel-toshqin taʼsiriga tushishini oldini olish choralari (qo‘shimcha ariqlar barpo etildi) ko‘rildi.

Yuqori kuchlanishli podstansiyalar hamda magistral elektr uzatish tarmoqlarining ishonchli ishlashini taʼminlash maqsadida 180 tonna transformator moyi, 1000 kilogramm texnik plastina, 27 dona metall tayanch ustunlari, 39 dona temir-beton tayanch ustunlari, 10000 ta izolyator, 20 ta turli quvvatdagi transformator, 40 tonna turli rusumli simlar, ikkilamchi zanjir uchun 10 km kabel mahsulotlari zaxirasi yaratildi.

Shuningdek, avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida 65 ta navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular 139 ta maxsus avtotransport vositasi shundan, 25 ta yuk ko‘tarish avtokrani, 64 ta brigada avtotransporti, 27 ta AGP (avtogidropodyomnik), 14 ta ETL (elektr tahlil laboratoriyasi) laboratoriyasi va 9 ta ekskavator, zaruriy ehtiyot qismlar, shuningdek, aloqa hamda himoya vositalari bilan to‘liq taʼminlangan.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>