Bugun, 2024-yil 7-oktabr kuni "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov tomonidan videokonferensaloqa orqali o‘tkaziladigan ishchi tartibdagi yig‘ilish «Raqamli texnologiyalarning energetika sohasiga tatbiq etilishi» mavzusidagi ilmiy-amaliy mashg‘ulot bilan davom ettirildi.
⚡️ Mashg‘ulotni texnika fanlari nomzodi Iso Sadullayev olib bordi.
Ishchi majlis davomida qisqa vaqt davom etgan ilmiy-amaliy mashg‘ulotda mutaxassis IEC-61850 — «Podstansiyalardagi tarmoqlar va aloqa tizimlari» standartiga oid atamalar va ularning mazmun-mohiyati, texnik-muhandislik izohlari, bundan tashqari, ayni paytdagi istiqbolli rejalarga muvofiq 2030 yilgacha O‘zbekistonda raqamlashtirilgan energetika obyektlarining ish faoliyatidan kutilayotgan samaradorlik ko‘rsatkichlari haqida qiziqarli axborot taqdim etdi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati