O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022–2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-307-sonli qarori ijrosi yuzasidan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan kelgusi yillardagi rekonstruksiya-modernizatsiya loyihalariga yangi innovatsion texnologiyalarni tadbiq qilish maqsadida bugun, 2024-yilning 4-oktabr kuni «O‘zbekiston MET» AJ hamda Hindiston Respublikasidagi «CTR MANUFACTURING INDUSTRIES PRIVATE LTD» kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda xorijiy mutaxassis — Hindiston Respublikasidagi «CTR MANUFACTURING INDUSTRIES PRIVATE LTD» kompaniyasi mutaxassisi Vadim Andreyevich Gontarev tomonidan transformatorlarning yong‘inga qarshi tizimida azotdan foydalanish texnologiyasining samaradorligi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
⚡️ Tadbirda o‘ta muhim va toifalangan obyektlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish boshqarmasi, Davlat yong‘in nazorati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi hamda FVV favqulodda vaziyatlar muammolari va yong‘in xavfsizligi ilmiy-tadqiqot institutidan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etishdi.
✍️ Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati