Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «“Svet” o‘chishining oldini olish uchun, menimcha, rahbarini ishdan olish kerak yoki muammoni hal qilsin. Jonga tegdi bunaqa...»
  • 26.09.2024
  • 84

Murojaat egasi: Inomjon Mo‘minov, Toshkent shahri, Yangi hayot tumani.

Elektron pochta: inomjon123@mail.ru

Murojaat mazmuni: Yangi hayot tumani, “Navro‘z” mahallasida har kuni “svet” o‘chadi. Telefon qilsak ko‘tarmaydi yoki umuman ishlamaydi. Bunaqa holat yillardan beri davom etib kelmoqda. Ishonmasanglar, qo‘ng‘iroq qilib ko‘ringlar  +998 71 257 07 78. “Svet” o‘chishining oldini olish uchun, menimcha, rahbarini ishdan olish kerak yoki muammoni hal qilsin. Jonga tegdi bunaqa katta gapirib, amalda qo‘lidan oddiy “svet” yetkazib berish kelmaydiganlar. Pulini to‘lamaganimizdayam alam qilmasdi.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Inomjon Mo‘minov, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmatiga, yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasining xalqaro tranziti masalalari bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy электр tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Isteʼmolchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, Siz Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish agentligiga 1159 qisqa raqamlari orqali bog‘lanib, shikoyat qilishingiz mumkin. Murojaatda ko‘tarilgan masala, katta ehtimol bilan, mahallangizga o‘rnatilgan transformator ortiqcha yuklama bilan ishlayotgani, yaʼni meʼyordan ortiq isteʼmolchilar ulangani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin va, bu taxmin to‘g‘ri bo‘lsa, mutaxassislar elektr uskuna va jihozlarini amaldagi meʼyoriy talablarga muvofiq sozlab berishadi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>