Yangiliklar
“Qaraqalpaqstan” telekanalining “Xabar” informatsion dasturida Qoraqalpog‘iston Respullikasi magistral elektr tarmoqlarida olib borilgan ishlar xususida axborot berildi
  • 02.10.2024
  • 32

Qoraqalpog‘iston Respublikasi magistral elektr tarmoqlarining 2024/2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi natijalari: Tasdiqlangan huquqiy-normativ hujjatlarda yoqilg‘i-energetika resurslari isteʼmoli sezilarli darajada oshadigan suvuq iqlimli mavsumga rasman 1-oktyabr sanasida kirib kelinadi. Kuz faslining ikkinchi oyidan boshlab yoqilg‘i-energetika va kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi vakillari yuqori turuvchi davlat tashkilotlari hamda isteʼmolchilar oldida hisobot beradilar.

Xo‘sh, elektr taʼminoti uchun masʼul tashkilot hamda korxonalar 2024/2025-yil kuz qish mavsumiga tayyormi?

Shuni alohida taʼkidlashimiz lozimki, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 110, 220, 500 kilovolt kuchlanishli 89 ta podstansiya hamda uzunligi 12 250 kilometr magistral elektr tarmoqlari ekspluatatsiya qilinadi.

Generatsiya jarayoni usluksiz va yetarli hajmda bo‘lishiga issiqlik, gidro, quyosh va shamol elektr stansiyalari masʼul bo‘lsa, mazkur tashkilot ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga betalofat yetkazib berishga masʼul hisoblanadi. Yaʼni O‘zbekiston elektr energetika tarmog‘ining o‘rta bug‘uni bo‘lib, elektr taʼminoti ishonchliligini taʼminlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy va energetika sohasi obyektlari hamda ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2024/2025-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 6-iyuldagi 388/22-son Qarori ijrosi yuzasidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida 2024/2025-yillar kuz-qish mavsumida elektr qurilmalarini barqaror ishlashiga tayyorlash to‘g‘risida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan edi.

2023-yilda sodir bo‘lgan avariyaviy o‘chishlardan, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan xulosa chiqargan holda, trakt hosil qiluvchi 220–500 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari to‘liq ko‘rikdan o‘tkazildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha barcha choralar ko‘rildi. Barcha yuqori kuchlanishli podstansiya hamda magistral elektr uzatish tarmoqlariga masʼul xodimlar biriktirilgan.

Kuz-qish mavsumida elektr qurimalarini barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida umumiy quvvati 736 megavolt•amper bo‘lgan 9 dona kuch transformatori va 848 kilometrdan ziyod uzunlikdagi 110–500 kilovolt kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari, 31 dona o‘chirgich va 4 dona kompressor qurilmasini mukammal taʼmirdan chiqarildi. Belgilangan reja to‘liq bajarildi.

Shu bilan birga, transformatorlarning sovutish tizimidagi 113 ta dvigatel taʼmirlandi va 66 ta yangi dvigatel o‘rnatildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha:

Shu jumladan, «Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi 220 kilovolt kuchlanishli “Beruniy”, “Qoraqalpog‘iston” va “Texnologik” podstansiyalari hamda uzunligi 203,0 kilometrdan ziyod bo‘lgan 220 va 110 kilovolt kuchlanishli liniyalarda ham mavsumga tayyorgarlik ishlari puxta amalga oshirildi.

2024/2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikadan tashqari mamlakatimizning barcha viloyatlari hamda Toshkent shahrida olib borildi. Misol uchun, 220–500 kilovolt kuchlanishli 12226 kilometr tarmoq navbatdan tashqari va davriy ko‘rikdan o‘tkazildi hamda 721 ta qushlar qo‘nishiga qarshi moslama, 6000 tadan ortiq izolyator o‘rnatildi, chaqmoqqaytargich trosslar va kontur yerlagichlari tekshirildi.

Doimiy ravishda elektr uzatish havo tarmoqlari va podstansiya elektr qurilmalarining kontakt birikmalari teplovizor qurilmalari yordamida ko‘rikdan o‘tkazildi va jami 200 tadan ortiq aniqlangan qizishlar bartaraf qilinib, favqulodda holatlarning oldi olindi.

Shuningdek, avariyaviy holat sodir bo‘lganda holatni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida, borish qiyin bo‘lgan tayanchlargacha (tog‘li, qir-adirli hududlarda) yo‘laklar barpo etildi, shu bilan birga, daryo o‘zanlarida va tog‘ yonbag‘rlarida joylashgan tayanchlarni sel-toshqin taʼsiriga tushishini oldini olish choralari (qo‘shimcha ariqlar barpo etildi) ko‘rildi.

Podstansiyalar va elektr uzatish tarmoqlarining ishonchli ishlashini taʼminlash maqsadida 150 tonna transformator moyi, 1000 kilogramm texnik plastina, 23 dona metall tayanch, 26 dona temir-beton tayanch, 10000 ta izolyator, 12 ta turli quvvatdagi transformator, 35 tonna turli rusumli simlar, ikkilamchi zanjir uchun 10 kilometr kabel mahsulotlari zaxirasi yaratildi.

Shu bilan birga, avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida 65 ta navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular 139 ta maxsus avtotransport vositasi shundan, 25 ta yuk ko‘tarish avtokrani, 64 ta brigada avtotransporti, 27 ta ko‘tarma kranlar, 14 ta ko‘chma laboratoriya va 9 ta ekskavator, zaruriy ehtiyot qismlar, shuningdek, aloqa hamda himoya vositalari bilan to‘liq taʼminlangan.

Bundan tashqari, 110-500 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida olib boriladigan ko‘rik ishlarining samaradorligini oshirish, yaʼni borish qiyin bo‘lgan hududlar, muhofaza zonasidagi yangi qurilishlar, daraxtzorlarni aniqlash hamda avariyaviy holatlar sodir bo‘lganda elektr tarmog‘ining shikastlangan joyini qisqa muddatlarda topish maqsadida uchuvchisiz o‘chish apparati — drondan foydalanish joriy etilgan bo‘lib, hozirda 656,7kilometr elektr uzatish tarmoqlarida va 2000 tadan ortiq tayanchda ko‘rik ishlari olib borildi.

Investitsiya dasturi doirasida 2024 yil davomida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 430,6 mln dollar mablag‘ o‘zlashtirilib (hozirgi paytda 196,6 mln. AQSH dollari hisobidagi mablag‘lar o‘zlashtirilgan, yaʼni shu hajmdagi ishlar bajarilgan), 10 ta investitsiya loyihasini foydalanishga topshirish natijasida 595 kilometr uzunlikda 220–500 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va jami 2798 megavolt•amper o‘tkazuvchanlik quvvati yaratiladi. Jumladan, 1877 megavolt•amper quvvatga ega 4 ta yangi podstansiyasi quriladi hamda podstansiyalarni modernizatsiya qilish hisobidan 921 megavolt•amper qo‘shimcha quvvat yaratiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha:

Qoraqalpog‘iston Respublikada ham qayta tiklanuvchi energiya manbalari yo‘nalishidagi ishlar jadal surʼatlarda davom ettirilmoqda. Qorauzak tumanida 100 megavatt quvvatli shamol elektr stansiyasi (investor ACWA POWER) loyihasining hozirda qurilish ishlari boshlangan. 2025-yil sentabr oyiga loyiha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Beruniy tumanida 200 megavatt quvvatli shamol elektr stansiyasining (investor ACWA POWER) ayni paytda loyihalash ishlari boshlangan. Mazkur yirik loyiha ham 2026-yil oxiriga ishga tushishishi belgilangan.

Shuningdek, 1500 megavatt quvvatli Qo‘ng‘irot tumani hududlarida loyihalashtirilgan shamol elektr stansiyasining (investor ACWA POWER) loyihalash ishlari, ekologik o‘rganishlar boshlab yuborilgan. Mazkur yirik “Yashil energiya” manbasi 2027-yil oxirigacha ishga tushishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Qo‘ng‘irot tumanida 500 megavatt quvvatli “Qo‘ngirot-4” deb nomlangan shamol elektr stansiyasini loyihalash jarayoni ketmoqda. Bundan tashqari, 1000 megavatt quvvatli shamol elektr stansiyalarini loyihalash ishlari olib borilmoqda. Bunday yirik investitsiya Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgani beʼjizga emas, Qoraqalpoq elining shimoliy hududlarida shamol potensiali juda yuqori ekani alohida ahamiyatga ega.

‖ Veb-sahifa: https://www.uzbekistonmet.uz/

‖ Telegram: http://t.me/uzmetaxborotxizmati

‖ Facebook: https://www.facebook.com/elektrtarmoq

‖ Instagram: https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz

‖ Twitter: https://twitter.com/uzbekistonmet

‖ Odnoklassniki: https://ok.ru/group/61026265792660

‖ Utube: https://utube.uz/ru/users/7208

‖ Youtube https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>