⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan 2024/2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislarining 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘ida olib borayotgan joriy ta’mirlash ishlari aks etgan. Jumladan, mutaxassislar temir-beton hamda metall konstruksiyali tayanch ustunlarining ostini mustahkamlash va korroziyaga qarsh bo‘yoq tortish ishlarini bajarishmoqda.
Bundan tashqari, singan izolyatorlar almashtirilib, chaqmoqqaytargich trosslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati