Yangiliklar
TOSHKENT VILOYATI: Magistral elektr tarmoqlarida tasdiqlangan rejaga muvofiq ta’mirlash-sozlash ishlari davom ettirilmoqda
  • 17.09.2024
  • 62

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan o‘tkazilayotgan nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, ta’mirlash-sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislarining 220 kV kuchlanishli elektr tarmog‘ida olib borayotgan joriy ta’mirlash ishlari aks etgan. Jumladan, mutaxassislar Toshkent viloyati hududida texnik-muhandislik nomi L–A–F bo‘lgan elektr tarmog‘iga qushlar qo‘nishiga qarshi moslamalar o‘rnatib, L–Yuksak havo tarmog‘i tayanch ustunlarida korroziyaga qarshi bo‘yoq surish ishlarini bajarishdi. Bundan tashqari, liniyalarning zarur joyiga qo‘shimcha tayanch ustunlari o‘rnatilib, singan izolyatorlar almashtirilmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>