Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli podstansiyalarda 2024/2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom ettirilmoqda
  • 13.09.2024
  • 76

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi yuqori kuchlanishli podsyansiyalar magistral elektr tarmoqlari filiallarining Podstansiyalar xizmatlari tomonidan 2024/2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda. Belgilangan reja asosida ta’mirlash-sozlash ishlari bajarilmoqda.

E’tiboringizga taqdim etilayotgan suratlarda «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari 500 kV kuchlanishli «Toshkent» podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlarini yakunlaganidan so‘ng, podstansiyaning estetik qiyofasini yaxshilash, obodonlashtirish, ochiq taqsimlovchi qurilmalarda korroziyaga qarshi bo‘yoqlash-oqlash ishlari aks etgan.

 

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>