Yangiliklar
“ROSSETI”– “O‘zbekiston MET”: Avtomatlashtirilgan tizimlarning texnik imkoniyatlari
  • 12.09.2024
  • 139

Bugun, 2024-yil 12-sentabr kuni “ROSSETI” guruhi delegatsiyasining tashrifi chog‘ida “O‘zbekiston MET” AJ RS-20 va SK-11 avtomatlashtirilgan tizimlarning texnik imkoniyatlari hamda afzalliklari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

RS-20 — bu maʼlumotlarni yo‘qotilishi muammolarini bartaraf etadigan, energiya kompleksining yagona modeli asosida axborot almashinuvini birlashtiradigan integratsiya platformasi. Shu bilan birga, ham texnologik, ham biznes jarayonlar avtomatlashtiradi.

Ushbu delegatsiyasining Toshkentga tashrifi “ROSSETI”  guruhi bosh direktori Andrey Ryumin va “O‘zbekiston MET” AJ rahbari Dadajon Isaqulov tomonidan 2024*-yil iyun oyida Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasidagi ishchi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni ishlab chiqish asosida bo‘lib o‘tdi.

Investitsiya bosh boshqarmasi

https://tass.ru/

https://www.ruscable.ru/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>