O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining rasmiy murojaatiga ko‘ra, Toshkent shahar "Oqila ayollar" harakati, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda bir qator jamoat tashkilotlari tashabbusiga binoan 2024-yil 9–14-sentabr kunlari “Xonatlas–2024” festivali o‘tkazilmoqda.
Festival doirasidagi tadbirlarda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati xotin-qizlari ham faol ishtirok etmoqda.
Bugun Aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi barcha filiallarda mehnat faoliyati yuritayotgan ayollar o‘z ish joylariga milliy liboslarda tashrif buyurishdi.
Lobar G‘oziyeva, Oila va xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati