O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 6-yanvardagi topshirig‘iga asosan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Energetika” fakulteti faoliyatini yana-da takomillashtirish bo‘yicha 2024-yil uchun mo‘ljallangan «Yo‘l xaritasi» tasdiqlangan.
Tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi»ning 4-bandiga binoan 2024-yil davomida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari va soha faxriylarining professor-o‘qituvchilar hamda talabalar bilan uchrashuvini tashkil etish rejalashtirilgan.
Topshiriq ijrosini taʼminlash hamda Tarmoq ilmiy-texnik kengashi faoliyatini rivojlantirish maqsadida 2024-yilning 11-sentabr kuni soat 11:00 da Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Energetika” fakultetida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Dadajon Aynaqulovich Isaqulov tomonidan o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va talabalar uchun «mahorat darsi» o‘tkaziladi.
Soha faxriylarining professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan uchrashuvini yoritish istagida bo‘lgan OAV vakillarini tadbirga taklif etamiz.
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati