Yangiliklar
Magistral elektr tarmoqlarida tasdiqlangan rejaga muvofiq ta’mirlash-sozlash ishlari olib borilmoqda
  • 29.08.2024
  • 90

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarining Elektr uzatish havo liniyalari xizmatlari tomonidan nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda. Nazorat ko‘riklari davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, ta’mirlash-sozlash ishlari bajarilmoqda.

E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislarining 220 kV kuchlanishli elektr tarmog‘ida olib borayotgan joriy ta’mirlash ishlari aks etgan.

Ta’mirlash ishlarida elektr uzatish havo tarmog‘i simlarida mavjud boltli brikmalar holati tekshirilib, aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilmoqda. Izolyatorlar tozalanib, nuqsonli izolyatorlar yangisiga almashtirilmoqda.

https://t.me/minenergy_uz/12741?single

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>