Qiziqarli xabarlar
Qayta tiklanadigan energiya manbalari qurilmalari egalari uchun ma'lumot
  • 26.08.2024
  • 99

100 kVtgacha bo'lgan quyosh panellarini o'rnatadigan jismoniy va yuridik shaxslar 3 yil davomida soliqlardan ozod qilinishini bilasizmi?

Jismoniy shaxslar quyidagilardan ozod qilinadi:

♦  Mol-mulk solig'i-uy-joy fondiga tegishli ko'chmas mulk uchun

♦ Yer solig'i-ushbu obyektlar joylashgan er uchastkalari uchun

Yuridik shaxslar quyidagilardan ozod qilinadi:

♦  Mol-mulk solig'i-qayta tiklanadigan energiya qurilmalari uchun

♦  Yer solig'i-ushbu qurilmalar joylashgan yer uchastkalari uchun

♦  Daromad solig'i-elektr energiyasini umumiy tarmoqqa sotishdan tushgan daromaddan

Agar siz qo'shimcha ravishda quyosh panellarining o'rnatilgan quvvatining kamida 25 foizini tashkil etadigan elektr energiyasini saqlash tizimlarini o'rnatsangiz-bu imtiyozlar 10 yil davom etadi! ⏳

Manba: https://t.me/clearenergy/2543

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>