Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Uyimning ustidan yuqori kuchlanishli elektr liniyasi o‘tkazilgan»
  • 12.08.2024
  • 156

Murojaat egasi: Xamrayev Israil Ismailovich, Buxoro viloyati.

Elektron pochta: ixi2473@mail.ru

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum. Meni Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Sarvari MFY da joylashgan uyimning ustidan yuqori kuchlanishli elektr liniyasi o‘tkazilgan, taxminan 2014 yilda. Ayni vaqtda ushbu elektr simlari yashashimiz uchun xavf tug‘diryapti. Oila aʼzolarimni xavfsizligini taʼminlash maqsadida ushbu elektr simlarini ko‘cha yoqalab o‘tkazish uchun tegishli HETKga ko‘rsatma berishingizni so‘rayman.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Xamrayev Israil Ismailovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga tegishli bo‘lib, ushbu tashkilotga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

 

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

 

 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Isteʼmolchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

Energetika vazirligi: https://minenergy.uz/uz

Toshkent, 100047, Toshkent sh., Istiqbol ko‘chasi, 21-uy.

Transport: 
Metro: «Amir Temur» bekati.
Avtobuslar: 14, 53, 58, 78, 93, 98.

Marshrutli taksilar: 26, 102 (Mo‘ljal Toshkent xalqaro vestminster universiteti)
Telefon: (998 71) 231-1661.(7046)

Devonxona: (998 71) 236-2708.

 

MUROJAATLAR BO‘YICHA: 71-231-8118


Elektron pochta: info@minenergy.uz 
 

Ish grafigi: 
dushanba– juma: 9:00 - 18:00 
tushlik vaqti: 13:00 - 14:00 
shanba, yakshanba: dam olish kuni

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>