Yangiliklar
uzbekistonmet.uz — Quyosh panellari ichki ehtiyojni taʼminlash bilan birga tuman elektr taʼminot korxonasi tarmog‘iga ham elektr energiyasi uzatmoqda
  • 30.07.2024
  • 92

Avval xabar berganimizdek, 2022-yilning 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 48-bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosi o‘z vaqtida taʼminlash maqsadida, «O‘ztexsanoat» uyushmasi binosida o‘tkazilgan ko‘rgazmada erishilgan kelishuvlarga binoan, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ  Solar Nature korxonasi bilan 28 ta obyektga 500 kVt quvvatli quyosh paneli o‘rnatish bo‘yicha umumiy qiymati 5,0 mlrd. so‘mlik shartnoma imzolangan edi.

♻️ Ayni patda umumiy quvvati 590 kVt bo‘lgan kichik fotoelektr stansiyalari «O‘zbekiston MET» AJ energetika obyektlari hamda maʼmuriy binolari tomiga o‘rnatilgan quyosh panellari ichki ehtiyojni taʼminlash bilan birga tuman elektr taʼminot korxonasi tarmog‘iga ham elektr energiyasini uzatmoqda (sotmoqda).

Ayni paytda mutaxassislar maxsus sayt sahifalari orqali quyosh panellari ish faoliyatini onlayn kuzatish, zaruriyat tug‘ilganda «yashil energiya» manbasiga turli servis xizmatlarini ko‘rsatish orqali samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirishlari mumkin.

‼️ Qiziq tomoni shundaki, quyosh panellari ish faoliyatini monitoring etish elektron dasturida energetiklar bir kunda, shartli ravishda, qancha daraxt novdasi o‘tqazgani, yoki qancha ko‘mir tejalgani, yoki qancha uglerod oksid gazlari paydo bo‘lishining oldi olingani to‘g‘risidagi taqribiy raqamlarni monitoring qilib borish imkoniyati mavjud.

Shuni alohida taʼkilash lozimki, «O‘zbekiston MET» AJ energetika obyektlari hamda maʼmuriy binolarida 12 ta, umumiy sig‘imi 1800 litr bo‘lgan quyosh suv isitish kollektorlari o‘rnatilgan bo‘lib, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi energetiklar beminnat issiq suv manbaidan ham samarali foydalanishmoqda.

 

Facebook  ‖ Instagram YouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>