Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoq sahifalarida yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i simi uzilgani tufayli yirik tirbandlik hosil bo‘lgani to‘g‘risidagi tarqalgan xabarlar asossiz
  • 27.07.2024
  • 72

Bugun,  2024-yil 27-iyul kuni Jizzax-Toshkent yo‘lida, Jizzax dovonidan tushishda yuqori kuchlanishli sim uzilib, yo‘lni to‘sib qolgan, har ikki tomon “megaprobka” deya tarqalgan xabarlar yuzasidan "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari"  aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati quyidagilarni maʼlum qiladi:

⚡️Aslida bu elektr uzatish havo tarmog‘i kuchlanish ostida bo‘lmagan, texnik muhandislik nomi Zafarobod-1 va Zafarobod-2 bo‘lgan yangi qurilgan liniya bo‘lib, Yo‘l harakati xavfsizligi mutaxassislari ishtirokida aloqa kabelini (optik tolali kabel va yashinqaytargich simlari) o‘tkazish ishlari bajarilgan paytda suratga olingan.

Aloqa kabelini tortish ishlari bugun soat 10:30 da boshlangan bo‘lib, 12:30 da to‘liq yakunlangan. Magistral yo‘lda tirbandlik paydo bo‘lmasligi uchun har 15 daqiqada yo‘l ochilib, avtotransport harakati masʼul xodimlar tomonidan boshqarilib, tartibga solib turilgan.

❗️Aholimiz vakillaridan yolg‘on va vahima uyg‘otuvchi bu kabi asossiz xabarlarni tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz.

https://uza.uz/

https://t.me/minenergy_uz/12318

«O‘zbekiston MET» AJ  Axborot xizmati

>