Yangiliklar
uzbekistonmet.uz — Xalqaro tender g‘olibi bilan shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi
  • 19.07.2024
  • 159

Bugun, 2024-yil 19-iyul kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida xalqaro tender g‘olibi — Ozarbayjonning “AZENCO” OAJ kompaniyasi bilan shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ommaviy axborot vositasi vakillari ham ishtirok etishdi. OAV vakillariga intervyu bergan vakillar O‘zbekiston-Ozarbayjon hamkorligi, energetika sohasidagi kelishuvlar, loyihaning ahamiyati va elektr taʼminoti barqarorligini taʼminlashdagi o‘rni haqida batafsil maʼlumot berishdi.

 G‘olibi aniqlangan tender natijasiga ko‘ra, endi Farg‘ona, Xorazm va Toshkent viloyatlarida joylashgan 110 kV 3 ta podstansiya modernizatsiya va rekonstruksiya qilinadi va quvvati oshiriladi.

Magistral elektr tarmoqlari va podstansiyalarini rivojlantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni jalb qilish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yagona energetika tarmog‘iga integratsiya qilish maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Jahon banki ishtirokida “Elektr energetika sektorini transformatsiya qilish va barqaror elektr uzatish” investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyihaning bir qismi sifatida respublika bo‘ylab 110-500 kVli 22 ta podstansiyada modernizatsiya va rekonstruksiya ishlarini olib borish rejalashtirilgan.

Jumladan, Farg‘ona, Xorazm va Toshkent viloyatlarida joylashgan 110 kV kuchlanishli “2 A”, “Xazorasp” va “Chinoz” podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha xalqaro tender savdolari o‘tkazildi. Natijada Ozarbayjonning “AZENCO” OAJ kompaniyasi g‘olib deb topildi va 2024-yil 19-iyulda g‘olib kompaniya bilan shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, mazkur podstansiyalar ishga tushirilganiga 50 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lib ularning to‘liq modernizatsiya va rekonstruksiya qilinishi natijasida qariyb 100 MVA qo‘shimcha quvvat yaratiladi. Bu o‘z navbatida Farg‘ona, Xorazm va Toshkent viloyatlaridagi aholi va sanoat isteʼmolchilarini elektr energiyasi bilan taʼminlash ishonchliligini bir necha barobar oshiradi.

O‘z navbatida taʼkidlash lozimki, hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yana-da kuchaytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish muhim ahamiyat qaratilmoqda. Ozarbayjonning “AZENCO” OAJ kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyiha, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va iqtisodiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yo‘lida xizmat qiladi. Shuningdek, kelgusida energetika sohasida davlatlararo o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratadi.

Ўз навбатида таъкидлаш лозимки, ҳозирги кунда Ўзбекистон Республикаси ва Озарбайжон Республикаси ўртасида ўзаро ҳамкорлик алоқаларини янада кучайтиришга қаратилган лойиҳаларни амалга ошириш муҳим аҳамият қаратилмоқда. Озарбайжоннинг “AZENCO” ОАЖ компанияси билан ҳамкорликда амалга оширилаётган ушбу лойиҳа, икки давлат ўртасидаги дўстлик ва иқтисодий ҳамкорлик алоқаларини мустаҳкамлаш йўлида хизмат қилади. Шунингдек, келгусида энергетика соҳасида давлатлараро ўзаро манфаатли лойиҳаларни амалга ошириш учун мустаҳкам замин яратади.

 

 

 

 

https://uza.uz/oz/

https://www.uzdaily.uz/

https://t.me/sputnikuzbekistan/

https://t.me/sputnikuzbek/

https://t.me/minenergy_uz/

https://yuz.uz/uz/

https://yuz.uz/kz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>