Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respyblikasi Bosh vaziri — Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2024-yil 20-iyun kunidagi «O‘zbekiston Respublikasi Favqylodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari hududiy (quyi tizimi) boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining harakatlarini baholash bo‘yicha hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlariga tayyorgarlik ko‘rish va yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida»gi 2-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2024-yil 8-iyulda «2024–2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgalik ko‘rish mavsumi davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulotda vaziyatlar va yirik avariyalarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligi tadbirlarini yana-da samarali tashkil etish to‘g‘risi»da 3-son buyrug‘i tasdiqlandi.
⚡️ Farg‘ona viloyati Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2024-yil 4-iyul kunidagi 7-sonli hamda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 10-iyuldagi 8-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali tassarufidagi 500/220/10 kV kuchlanishli «O‘zbekiston» podstansiyasida hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.
⚡️ Navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlarida yuqori kuchlanishli podstansiyasidagi mavjud avtotransformatorlar zo‘riqib ishlashi oqibatida avariya sodir bo‘lishiga olib keluvchi tabiiy yoki texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar hamda boshqa nosozliklarni Fuqaro muhofazasi tuzilmalari tomonidan bartaraf etish ko‘nikmalari darajasini baholash; Shaxsiy tarkibni qidiruv-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni olib borishni boshqarish bo‘yicha Fuqaro muhofazasi tuzilmalari hamda boshliqlarining amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash — tadbirning bosh mavzusi bo‘ldi.
Mashg‘ulotlarda, shuningdek, obyektning fuqaro muhofazasi tuzilmalari va harbiylashtirilgan qo‘riqlash qismi shaxsiy tarkibining tayyorgarlik darajasini oshirish, ularni favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash va qutqaruv xizmatlarining hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikdagi harakatini uyg‘unlashtirish masalalariga oid bilim va ko‘nikmalar mustahkamlandi.
► Bundan tashqari, tadbir davomidada o‘quv mashqlariga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun qutqaruv, avariya-texnik, sanitariya, yong‘ini bartaraf etish, aloqa va axborot hamda jamoat tartibini saqlash guruhlarning boshqaruv hamda shaxsiy tarkibi to‘liq jalb qilish kabi vazifalar muvofiqlashuvi ko‘rib chiqildi.
Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati