«Yoshlar» radiokanalining FM.104 to‘lqinlari, "Yoshlar bilan muloqot" dasturida qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda energiya samaradorligi va tejamkorligiga doir masalalar muhokama etildi. Shuningdek, energiya ta’minoti sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida axborot taqdim etilib, jonli efirda radiotinglovchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
⚡️ Radiomuloqotda Energetika vazirligi huzuridagi Qayta taklanuvchi energiya manbalarining milliy ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Erkin Jo‘rayev va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Axborot xizmati rahbari U.Urunovlar ishtirok etishdi.
Shuningdek, jonli efirda 200 kV•soat — aholi isteʼmolchilari uchun ijtimoiy himoya unsuri sifatida saqlab qolingan «ijtimoiy meʼyor» miqdori haqida axborot berildi.
Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati