O‘zbekiston Respyblikasi Bosh vaziri — Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2024-yil 20-iyun kunidagi «O‘zbekiston Respublikasi Favqylodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari hududiy (quyi tizimi) boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining harakatlarini baholash bo‘yicha hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlariga tayyorgarlik ko‘rish va yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida»gi 2-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2024-yil 8-iyulda «2024–2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgalik ko‘rish mavsumi davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulotda vaziyatlar va yirik avariyalarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligi tadbirlarini yana-da samarali tashkil etish to‘g‘risi»da 3-son buyrug‘i, shuningdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 10-iyuldagi 8-sonli buyrug‘i tasdiqlandi.
⚡️ Namangan viloyati hokimi — Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2024-yil 28-iyun kunidagi «Namangan viloyati FVDT boshqaruv organlari, kuch va vositalarning harakatlarini baholash bo‘yicha hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida»gi FM-13-sonli hamda «O‘zbekiston MET» AJning 2024-yil-24 iyundagi 7-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida, «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali tassarufidagi 220/110/10 kV kuchlanishli «Sardor« podstansiyasida hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati