Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Xodimga, yaʼni akamga moddiy yordam berilmagan. Qachon beriladi?»
  • 01.07.2024
  • 184

Murojaat egasi: Norboboyev Amon, Qashqadaryo viloyati.

Elektron pochta: norboboyevamon@gmail.com

Murojaat mazmuni:  Men Norboboyev Javlonning ukasi, Norboboyev Amonman. 2024-yil 16-iyun kuni «Qashqadaryo MET» filiali tarkibidagi 220 kV kuchlanishli “Ko‘kdumaloq” podstansiyasida mehnat faoliyati yurituvchi Norboboyev Javlon bilan kuyish oqibatli baxtsiz hodisa ro‘y bergan. Akamning boshi ham yorilgan. Filial rahbari Sherzod Xoliyorov xabar olib turibdi. Ammo baxtsiz hodisaga uchragan xodimga, yaʼni akamga moddiy yordam berilmagan. Qachon beriladi?

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Amon Norboboyev! Sizning Aksiyadorlik jamiyati Ishonch raqami orqali bildirgan murojaatingiz tegishli tartibda qayd etildi va Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati ko‘rsatmalariga muvofiq Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmatiga o‘rganib chiqish va ijro uchun yuborildi.

Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati: Sizning, joriy yil 20-iyundagi yozgan murojaatingiz “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganib chiqilganligi bo‘yicha sizga quyidagilarni maʼlum qilamiz:

“O‘zbekiston MET” AJ “Qashqadaryo MET” filialiga qarashli 220/110/6 kVli “Ko‘kdumaloq” podstansiyasi elektr chilangari Javlon Norboboyevni davolanishi uchun “Qashqadaryo MET” filiali kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 5 000 000 so‘m, bundan tashqari, J. Norboboyevga Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining 2024-yil 28-iyundagi 11-sonli qo‘shma qaroriga asosan 10 000 000 so‘m moddiy yordam ajratildi.

Joriy yilning 25-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi  huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya”si ishtirokida baxtsiz hodisani o‘rganish bo‘yicha maxsus tekshirish komissiyasi tuzilib, baxtsiz hodisa sabablari o‘rganilmoqda.  Maxsus komissiya xulosasiga ko‘ra, tekshiruv yakuni bo‘yicha, o‘rnatilgan tartibda qo‘shimcha kompensatsiya to‘lovlari berilishini maʼlum qilamiz.  

 

Rasmiy javob xati

 

 

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>