Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Ish yo‘q, hammasi staj so‘raydi. Savolim shundan iboratki, idoralar ishga olmasa, stajini qanday olamiz?»
  • 09.07.2024
  • 30

Murojaat egasi: Ergashov Jo‘rabek G‘ofurovich.

Elektron pochta: jurabekergashov2001@gmail.com

Murojaat mazmuni: Assalomu alaykum! O‘qishni yaqinda tugatgan yosh muhandislarga deyarli hech qaysi idorada ish yo‘q, hammasi staj so‘raydi. Savolim shundan iboratki, idoralar ishga olmasa, stajini qanday olamiz? Staj uchun o‘rganish dasturi ham tuzilmagan. Javob uchun oldindan rahmat.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro, Ergashov Jo‘rabek! Sizning uzbekistonmet.uz veb-sayti «Onlayn maslahatchi» rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi.

Shu o‘rinda bir jihatni alohida taʼkidlash lozimki, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining «Murojaatlar» rukni orqali yuborgan avvalgi murojaatingizga ham tegishli tartibda javob berilib, javob mazmuni elektron pochta manzilingizga yuborilishi bilan birga uzbekistonmet.uz veb-sayti «Murojaatlar» rukni orqali ham eʼlon qilingan edi.

23.02.2024 — Murojaatchi: «Energetika sohasida ishga joylashish uchun ish malakasi va til bilishi majburiymi? Bular suhbatda inobatga olinadimi?»

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/4920

«Onlayn maslahatchi» rukni orqali berilgan javob matni: Va alaykum assalom! Ish-tajriba, asosan, boshqaruv funksiyasiga ega tashkilotlarga ishga kirmoqchi bo‘lgan nomzodlarga qo‘yiladi va bu to‘g‘ri. Oliygohni yoki o‘rta-maxsus o‘quv yurtini tamomlagan mutaxassis quyi korxonalarda ishlab, ish-tajriba orttirib, karyera zinasidan ko‘tarilib, keyin mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra boshqaruv funksiyasiga ega boshqarmalarga ishga o‘tishi maqsadga muvofiq.

Qo‘shimcha izoh: Nafaqat energetika sohasida, balki barcha soha va yo‘nalishlarda ham har bir lavozim uchun qo‘yiladigan alohida malaka talablari mavjud bo‘lib, bu o‘sha lavozim egasining zimmasiga yuklatiladigan vazifa-majburiyatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.

 

Oliygohni bitirgan talaba o‘z ish tajribasini maʼlum bir sohaning boshqaruv organidan boshlashi — juda kam hollarda kuzatiladigan holat. Negaki, maʼlum bir tashkilotning yuqori boshqaruv tizimidagi shtat birliklari quyi tizimda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarni maʼmuriy boshqarish uchun tuzilgan bo‘lib, tabiiyki, mazkur mutaxassis maʼlum ish tajribasi va bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassis bo‘lishi lozim.

 

Misol uchun, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Markaziy boshqaruv apparatida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan nomzodlar uchun malaka tajriba talablari qo‘yiladi. Ushbu bo‘sh ish o‘rni shtat birligining vazifa-majburiyatlarida quyi tashkilot ishchi-xodimlari — Magistral elektr tarmoqlari filiallari mutaxassislari bilan ishlashda aynan shu talab, yaʼni bilim-tajriba salohiyati hududiy bo‘linmadagi mutaxassislardan kam bo‘lmasligi lozim, hatto biroz yuqori bo‘lishi maqsadga muvofiq. Shu jihatni eʼtiborga olib, Siz rasmiy veb-sahifamiz va uning ijtimoiy tarmoq sahifalarida eʼlon qilib borilayotgan hududiy tuzilmalarimiz bo‘sh ish o‘rinlariga taklif eʼlonlarini ham kuzatib borishingizni tavsiya etamiz.

 

Bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish jarayonida, eng avvalo, nomzod tarjimai holi, yaʼni uning maʼlumoti, mutaxassisligi hamda tahsil olish va mehnat faoliyatining bo‘sh ish o‘rni lavozimiga qo‘yilgan malaka talablariga mosligi inobatga olinadi. Xodimning, dastavval, davlat tilini mukammal bilishi, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yaxshi kadr bo‘lishi, so‘ng xorijiy tillarini bilishi suhbat jarayonida ustunlik berishi mumkin.

 

Murojaatingizga javob o‘rnida, sizga shuni maʼlum qilamizki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining kadr_nes@uzbekistonmet.uz elektron pochtasi orqali tegishli hujjatlaringizni, qaysi bo‘sh ish o‘rniga ishga kirish uchun yuborayotganingizni belgilab (shu bo‘sh ish o‘rniga ishga qabul qilish uchun qo‘yilgan talablarga muvofiq kelishingizni bilgan holda) yuborgan bo‘lsangiz, u albatta Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqiladi.

 

Maʼlumot o‘rnida: «Onlayn rezyume» https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume.

 

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

Veb-sayt: uzbekistonmet.uz

Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz

 

Xodimlar bilan ishlash boshqarmasidan murojaat:

Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘ida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, taʼmirlash-tiklash ishlari) faoliyat olib borgani bois, nomzodlar oliy taʼlim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.

 

Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini taʼminlash maqsadida, biz har oyda to‘plangan rezyume-obyektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz. Taqdim etilgan maʼlumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tarjimai holdagi maʼlumot-ko‘rsatkichlar mutaxassislarga maʼqul kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi.

 

Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.

 

Maʼlum bir bo‘sh o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar suhbatga chaqirilayotgani (sanasi va vaqti) Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy-veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida eʼlon qilib borilmoqda. Eʼtiborli bo‘ling va ijtimoiy tarmoq sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang!

 

⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/25  

 

Maʼlumot o‘rnida: Aksiyadorlik  jamiyat rasmiy veb-saytining barqaror faoliyati muhim ahamiyatga ega. Veb-sayt 4 ta til-grafika sahifalarida (o‘zbek tili kirill va o‘zbek tili lotin grafikasi, rus tili va ingliz tillarida) yuritilib, unda 11 ta rukn, 54 ta nimrukn, 1 ta O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi hududiy filiallar haqida batafsil maʼlumotlar joylashtirilgan infografika maʼlumotnomasi mavjud.

 

Magistral elektr tarmoqlari filiallari haqidagi maʼlumotlar (filial manzili, asosiy ish faoliyati, bog‘lanish uchun telefon raqamlari, filial rahbarining ism-sharifi) xarita shaklidagi infografikaga joylashtirilgan.

 

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>