Yangiliklar
ZAMONAVIY QURILMA: Urbanizatsiya talablariga muvofiq kam yer maydoni, raqamli texnologiyalar orqali kamsonli personal tomonidan samarali boshqarish hamda ekspluatatsiya jarayoniga yuqori xavfsizlikka ega mehnat sharoiti
  • 09.07.2024
  • 76

Maʼlumki, energetika sohasiga, jumladan elektr energetika tarmog‘iga yangi texnologiyalar, innovatsion ishlanmalar, qolaversa, xalqaro tajriba kirib kelmoqda.  Misol uchun, mamlakatimizdagi birinchi raqamli “Zafarobod” podstansiyasi Jizzax viloyatida qurilayotgani va yaqin kelajakda foydalanishga topshirishli haqida xabar bergan edik.

Sirdaryo va Jizzax viloyati isteʼmolchilarining elektr taʼminoti ishonchliligi oshirilishi uchun 220 kV kuchlanishli raqamli podstansiya qurilmoqda

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/4246

Xuddi shunday magistral elektr tarmoqlarida yana bir yangilik: “O‘zbekiston Respublikasi magistral tarmoqlari va podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish investitsiya loyihasi” doirasida 220 kV kuchlanishli “Yuksak” podstansiyasida 220/110/35 kV kuchlanishli elegazli yopiq taqsimlash qurilmasi (EYTQ / КРУЭ) qurilmoqda va foydalanishga topshirilish arafasida. Ushbu yopiq taqsimlash qurilmasi urbanizatsiya talablariga muvofiq kam yer maydoni talab qilishi, raqamli texnologiyalar orqali kamsonli personal tomonidan samarali boshqarilishi hamda ekspluatatsiya jarayoniga yuqori xavfsizlikka ega mehnat sharoiti yaratishi bilan ahamiyatlidir.

Yaqinda ushbu zamonaviy obyekt qurilayotgan 220 kV kuchlanishli “Yuksak” podstansiyasida olmoniyalik mutaxassislar: Robert Madarasz hamda Denis Denisovlar tashrif buyurib, zamonaviy qurilmaning sinov ishlaridan oldin tanishitiruv taqdimoti o‘tkazdi va yosh muhandislar uchun yangi turdagi qurilmalarni ekspluatatsiya qilish jarayonida as qotadigan tavsiyalarni o‘z ichiga olgan “mahorat darsi” o‘tib berishdi.

Shuningdek, xorijiy mutaxassislar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda ham bo‘lib, Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati bilan amalga oshirilgan ishlarning tahliliy natijalari, yangi turdagi elektr qurilmalari majmuasini samarali boshqarish bo‘yicha mahaliy mutaxassislarning bilim-tajriba darajasi hamda  istiqboldagi rejalarni muhokama qilishdi.

Eʼtiboringizga “O‘zbekiston Respublikasi magistral tarmoqlari va podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish investitsiya loyihasi” doirasida 220 kV kuchlanishli “Yuksak” podstansiyasida 220/110/35 kV kuchlanishli elegazli yopiq taqsimlash qurilmasi (EYOTQ / КРУЭ) haqida umumiy maʼlumotlarni taqdim etamiz:

Huquqiy asos:  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ–3284-sonli “Magistral tarmoqlar podstansiyalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan220/110/35/10/6 kV kuchlanishli “Yuksak”podstansiyasida modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.

Loyihani umumiy qiymati: 30,596 mln. AQSH dollari hisobida.

Loyiha maqsadi: Podstansiyada ishlayotgan asosiy uskunalar ishonchli ishlashi, elektr energiya texnologik yo‘qotishlari sarfini kamaytirish, shuningdek energetika obyektidagi elektr energiya sarfini kamaytirish, jismonan eskirgan rele himoyasi va avtomatika tizimi uskunalarini yangilash.

Loyihaning amalga oshirish muddati: 2017–2024-yillar.

Moliyalashtirish manbasi: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ soha mablag‘lari – 8121,67 ming dollar hisobida; Jahon banki mablag‘lari – 22475,27 ming dollar hisobida.

Loyihaning asosiy ko‘rsatkichlari: To‘la quvvati 40 MVA bo‘lgan 2 ta transformatorlar — to‘la quvvati  63 MVA bo‘lgan 2 ta transformatorlarga, shu bilan birga, to‘la quvvati 125 MVA bo‘lgan 2 ta transformatorlar — to‘la quvvati 200 MVA bo‘lgan 2 ta avtotransformatorlarga almashtiriladi.

Quvvati 200 MVA bo‘lgan T-6 avtotransformatori 2022-yil 30-aprel sanasida kuchlanish berilib ishga tushirildi, birinchi (T-4) transformatori 2021-yilning iyun oyida foydalanishga topshirilgan edi.

Yangi va zamonaviy 220/110/35 kV kuchlanishli elegazli yopiq taqsimlash qurilmasi (EYOTQ / КРУЭ) quriladi. Modernizatsiya dasturiga muvofiq quvvati 2 x 200 MVA bo‘lgan avtotransformatorlar quvvati 2 x 250 MVA avtotransfomatorlarga almashtiriladi.

Pudratchi tashkilot: “4-sonli montaj boshqarmasi” AJ.

Loyihalovchi tashkilot: “Sredazenergosetproyekt” AJ va “Teploelektroproyekt” AJ.

Loyiha smeta-hujjatlari haqida maʼlumot: 220/110/35 kV kuchlanishli elegazli yopiq taqsimlash qurilmasi (EYOTQ / KRUE) xarid qilishga tender eʼlon qilinib, tender savdolari natijalariga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasining “Shandong Electrikal Enjineering and Equipment Group Co. Ltd” kompaniyasi g‘olib deb topildi. 2022-yil 5-iyulda ushbu kompaniya va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ o‘rtasida 6,78 mln. AQSH dollari hisobidagi shartnoma imzolandi. Loyiha ishlari tender g‘olibi hamda “Issiqlikelektrloyiha” AJ bilan birgalikda davom ettirilmoqda.

220/110/35 kV kuchlanishli elegazli yopiq taqsimlash qurilmasi (EYOTQ / КРУЭ) bo‘yicha taqdim etilgan bosh reja “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan tasdiqlandi. Geologik qidiruv va topografik fotoloyiha ishlari bajarildi Loyiha chizmalari taqdim etildi.

Loyihaning afzalliklari: 220/110/35 kV kuchlanishli elegazli yopiq taqsimlash qurilmasi (EYOTQ / КРУЭ) qurilmasi ishga tushirilgandan keyin 220 kV kuchlanishli “Yuksak” podstansiyasi dispetcherlik bo‘limi tomonidan masofadan boshqariladi va favqulodda vaziyatlarda barcha xavfsizlik tizimlari avtomatik ravishda ishga tushiriladi; Qurilma ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan 25 yil muddatga kafolatlangan; Qurilmaning tok o‘tkazuvchi qismi to‘liq izolyatsiyalangan bo‘lib, ekspluatatsiya jarayoni uchun (inson uchun) xavfsiz.

“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlardan foydalanildi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>